Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik kelin qaynonasini ketmon bilan urib öldirib qöygani, oradan bir yarim oy vaqt ötganiga qaramay iş sudga oşmaganiga oid xabarlar tarqaldi.
Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov şunday voqea sodir bölganini tasdiqladi. Biroq jinoyat sodir etgan şaxs ayol ekanini inkor etdi.
Unga köra, viloyatning Oltinköl tumanida yuz bergan mazkur fojea ortidan 44 yoşli erkak - M. E. uşlangan va sud ajrimiga asosan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan. U qöşnisi – 1942 yilda tuğilgan ayolni özaro kelişmovçilik natijasida ketmon bilan qasddan boşiga urgan.Yetkazilgan jarohat jabrlanuvçining vafotiga sabab bölgani bois u Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda.
Ayni paytda qamoqqa olingan şaxs marhumaning kuyovi emas. Balki sobiq kelinining keyingi turmuş örtoği hisoblanadi.
Jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etmoqda, ayni jarayonda iş böyiça barça holatlar örganilib, tegişli huquqiy baho beriladi, dedi H. Şamsutdinov.









