Prezident yoşlar masalasi bilan işlaşni nega DXXga topşirganini aytdi

Prezident yoşlar masalasi bilan işlaşni nega DXXga topşirganini aytdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan yoşlar bandligi va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan videoselektor yiğilişi davom etmoqda. Prezident yiğilişda yoşlar masalasi bilan işlaşni bejiz DXXga topşirmaganini urğuladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. 

Mirziyoyev şunça vazifalar belgilab berilganiga qaramay, ayrim rahbarlarning yoşlar masalalariga eʼtibori hali ham talab darajasida emasligini keskin tanqid qildi.

“Biz yil boşida yoşlar masalasini bejiz Davlat xavfsizlik xizmatiga topşirmagan edik. Bu boradagi örganişlar joylarda saviya yöqligini körsatdi. Tuman, şahar hokimlari, hozirgi zamon talabiga mos iş qilolmayapti, rektorlar nomiga yuribdi. Nimaga rektor yoşlar bilan uçraşdi, 2-3 ta talabani işli qildi, degan gapni eşitmaymiz? Yoki rektorlar nega talabalar turar joylariga borib sanʼat arboblari bilan uçraşuv ötkazmaydi, nimaga taklif bermaydi? Ota-onalar rektorlarga qarab turganda nega ular taşabbus bilan çiqmaydi? Çunki heç kim yomon köringisi kelmaydi, amalda hamma öziga yaxşi bölişini xohlaydi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Prezidentning yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidovda talabçanlik yetişmayotganini, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov foliyatida natija körinmayotganini tanqid qildi.

Yiğilişda joylardagi muammolar aniq misollar bilan aytib ötildi. Masalan, Andijon viloyatida 80 ming nafar işsiz yoşdan birinçi çorakda 35 ming 600 nafarining bandligi taʼminlangan, şundan bor-yöği 5 mingga yaqini doimiy işlarga joylaştirilgan. Vaholanki, bugungi kunda viloyatda sanoat korxonalari va klasterlarda 7 mingta doimiy vakant iş örinlari mavjud.

Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari va Xonobod şahrida böş iş örinlariga joylaştirişda kamçiliklarga yöl qöyilmoqda.

Xuddi şu kabi, işsiz yoşlarni kasb va tadbirkorlikka öqitişda ham muammolar bor. Kosonsoyda 4,5 ming nafar işsiz yoşlarning 31 nafari, Namangan tumanida 3,6 ming nafardan 47 nafari, Taxtaköpirda 1,3 ming nafardan 45 nafari öqitilgan, xolos.

Şuningdek, yoşlarning özini özi band qilişi uçun Bandlik jamğarmasidan 7 million sömgaça subsidiya ajratilişi belgilangan bölsa-da, Qaşqadaryoda bor-yöği 5 nafar, Andijonda 11 nafar, Qoraqalpoğistonda 76 nafar yoşlarga subsidiya ajratilgan.

×