Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov hokimlikdagi qimmatbaho maşinalar nega kerakligini aytdi

Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov hokimlikdagi qimmatbaho maşinalar nega kerakligini aytdi

Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov Kun.uz naşirga bergan intervyusida hokimlarning byudjetdan mablağ olib, uni qimmatbaho avtomaşinalar sotib olişga sarflaşiga töxtalib ötdi.

U maşinalarni zarur holda oliş kerakligi, bu narsa çet eldan keladigan invertorlarni kutib olişga möljallangani, şu orqali köplab investitsiyalar kelişi mumkinligini taʼkidladi.

«Ortiqçasi dabdaba hisoblanadi, lekin zaruri bor. Men özim kelib maşina olganim yöq, borlaridan foydalanyapman. Ötgan oy Pokistonning Panjob viloyati gubernatori keldi. 110 mln aholisi bor viloyat gubernatori Namangan viloyatiga taşrif buyurdi. Men kelişini öylamagan edim. Şahar hokimligini yuborganimda, bizni qabul qilişgan. Butun jahondagi hokimiyat tizimida u yerdagi viloyatning gubernatori juda ham „katta“ odam hisoblanadi. Bu diplomatik munosabatlar uçun kerak. U kelganida bizning kutib oladigan maşina bölmasa yoki arzon maşina bölsa… Bu orqali köplab investitsiya kelişi mumkin. Masalan, çet eldan juda katta investorlar, millionerlar keladi. Ularni kutib oliş uçun yaxşi şaroit bölişi kerak. Örinbosarlar masalasiga kelsak, ular çiqib kimnidir kutib olsa öşa insonlar ham şunga qarab baho beradi», — dedi Şavkat Abdurazzoqov.

Hokimning aytişiça, maşinalar uçun ortiqça harajat qilişning örniga şu pullarni yölga, suvga, kambağallikni qisqartirişga sarflaş maqsadga muvofiq böladi.

×