Namanganda quloqçin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketdi

Namanganda quloqçin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketdi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida 21 mart, yakşanba kuni quloqçin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, voqea soat 11:40 atrofida Namangan şahar Elobod mahallasidan ötgan Rovuston–Namangan temir yöl oraliğining 88-kilometri 6-piketida sodir bölgan. Rovuston bekatidan Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan Qöqon lokomativ deposi maşinisti bölib işlovçi Farğona viloyatida yaşovçi, 49 yoşli fuqaro teplovozni 6 ta vagon bilan boşqarib ketayotgan vaqtida kuloqçin taqib, temir yöl izidan ketayotgan Davlatobod tumanida yaşovçi 19 yoşli yigitni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro boş miya lat yeyişi, jağ suyagining sinişi, öng qöli lat yeyişi taşxisi bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yotqizilgan.

Uşbu holat böyiça suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

×