AOKAda Nurmat Otabekov iştirokida ötkazilgan brifingda Özbekistonda aholi orasida koronavirus bilan kasallaniş birdaniga ortganining sababiga izoh berilgandi.
Mutaxassis yangi kasallanayotgan bemorlarda koronavirusning aynan qaysi ştammi kuzatilayotganiga ham aniqlik kiritdi.
«Hozir bir kunda respublika böyiça 15-18 mingta laboratoriya tekşiruvi ötkazilayapti. Bu har 100 ming aholi soniga 45-47 ta degani. Albatta tekşirişlar sonining ortib borişi barobarida kasallikka çalinganlarni aniqlaş darajasining ortib borişi kuzatilişi mumkin.
Bizning asosiy maqasadimiz tekşirişlar sonini ikki-uç barobar oşirib, kasallikka çalinganlarni erta aniqlaş, tegişli davolaş tadbirlarini taşkil etiş, muloqotda bölganlarni tekşirib köriş orqali kasallik öçoğining hajmini aniqlaş va tegişli profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş orqali kasallik manbaini jilovlaş xisoblanadi. Bugungi kunda aniqlanayotgan bemorlarning aksariyati COVID-19 virusidan kasallangani ayon bölmoqda», – dedi Nurmat Otabekov.
«Ötgan davr mobaynidagi statistik maʼlumotlarga qarasak, umumiy kasallanganlarning 2-5, baʼzan 5-7% bolalarga töğri kelgan. Hozirda esa bu körsatkiç 25% gaçani taşkil etmoqda.
Albatta uşbu raqamlarga asoslanib, respublikamizda kasallanganlar, ayniqsa ular orasida bolalarning köpligini inobatga olib, yangi holatlar «Britança» ştamm bilan boğliq deyişimiz mumkin», – qayd etdi mutaxassis.









