“Sevgi iztirobi” seriali namoyişi yana töxtatildi

“Sevgi iztirobi” seriali namoyişi yana töxtatildi

Keça, 29 iyuldan eʼtiboran “Zör” telekanalida “Sevgi iztirobi” seriali efirga uzatilişi haqida xabar bergan edik. Soat 20:00 da serialning qolgan joyidan efirga uzatildi. 

Bugun, 30 iyulga kelib “Zör” telekanalida “Sevgi iztirobi” seriali belgilangan vaqt namoyiş etilmadi. Soat 20:00 da serial örnida boşqa köngiloçar körsatuv efir yuzini kördi. QALAMPIR.UZ manbasining maʼlum qilişiça, serial yana efirdan olib taşlangan. 

Eslatib ötamiz, bir neça kundan buyon mazkur telekanal ekranlariga serial qaytayotgani ovoza qilinayotgan edi. 

Maʼlumot örnida, 2017 yil oxirlarida Özbekistondagi “Zör” telekanalida namoyişi boşlangan “Sevgi iztirobi” turk seriali 2018 yilning fevral oyi örtalariga kelib efirdan olib taşlangan edi.

2018 yilning 14 fevral kuni Hukumat raisi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bağişlangan videoselektor yiğilişida uşbu serialni tanqid qilib, xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratiş böyiça mutasaddilarga zarur körsatmalar berib, “Zör” telekanalida namoyiş etilayotgan “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilgan edi. 

Hukumat raisining tanqididan söng, 2018 yilning 17 fevraliga kelib serial efir dasturidan olib taşlangandi. 

Ayni vaqtda mamlakatdagi eng yuqori reytinglarda turadigan xususiy telekanallarda quyidagi turk seriallari namoyiş etilmoqda:

“Yiğlama, ona”, “Ayol”, “Çuqur”, “Fazilat xonim va qizlari”, “Söyla... Qora dengiz” – “Sevimli” telekanali;

“Yomonlik dunyoga ustun bölolmas”, “Muhtaşam yuz yil” – “Milliy” telekanali;

“Meni qöyib yuborma”, “Parçalangan yuraklar” – “Zör” telekanali.

×