"ToşMI"ga 25 ming dollarga öqişga kiritib qöyaman degan şifokor qölga olindi

"ToşMI"ga 25 ming dollarga öqişga kiritib qöyaman degan şifokor qölga olindi

Boş prokuratura Toşkent tibbiyot akademisiga öqişga kiritib qöyaman deb 25 ming dollar talab qilgan şifokorni qölga oldi. 

Maʼlum bölişiça, Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumani, Nov qişloq vraçlik punkti şifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanişlari orqali Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga Toşkent şahar, Olmazor tumani, Şifokorlar köçasida firibgarlik yöli bilan 25.000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×