Şahram Ğiyosov Şohjahon Ergaşevga: "Men bilan uruşişingga hali ança bor"

Şahram Ğiyosov Şohjahon Ergaşevga: "Men bilan uruşişingga hali ança bor"

Özbekistonda qiziqarli boks bölişi kutilmoqda. Özbek boks yulduzlari Şahram Ğiyosov va Şoxjahon Ergaşev instagram ijtimoiy tarmoğida “gap talaşib” qoldi.

Boksçilar bir neça yillar davomida bir birining jiğiga tegişga harakat qilib kelmoqda. Bu safar mojaro Şahramning Ergaşev maşğulotlaridan birida olingan videoga yozgan izohidan boşlandi.

Ergaşev Şahramga yaxşiroq tayyorlanişni tavsiya qildi. U yaqin orada bir-birlari bilan jang qilişlari mumkinligi haqida gapirdi. Şohjahon “Sen revanş olişing kerak! Yaxşilab tayyorlan, senga oson bölmaydi” dedi. Ğiyosov ham jim turmay quyidagi gaplarni yozdi: “Men bilan uruşişingga hali ança bor. Senga bundan 60 kg.lik temir yordam bermaydi, yaxşisi tayyorlan”. Şundan söng ular bir-birini kuçsiz raqiblar bilan jangga çiqayotganlikda aybladi. Sportçilar WBA’da eng yengil vaznda jang qilmoqda. Şahram 6-örinda, Ergaşev esa 8-örinda bormoqda. Taʼkidlaş joiz, Şohjahon havaskor boksda Şahramni mağlub etgan.

×