Sony özining Reon Pocket deb nomlangan portativ konditsioneri uçun tölovlarni qabul qilmoqda. Bu tanani sovutiş yoki isitişda qöl keladigan kiçik qurilmadir.
Reon Pocket kiçikroq smartfon hajmidagi Bluetooth-qurilmasi bölib, maxsus köylakning böyin qismidagi çöntakda joylaşadi. Söngra, şunçaki dasturga ulanib, tugmani bosişingiz bilan mitti qurilma issiqlikni yuta boşlaydi yoki tarqatadi.
Jazirama kunlarda mini-konditsioner haroratni tselsiy şkalasi böyiça 13 darajaga pasaytira oladi. Qiş faslida esa, qurilma sakkiz darajagaça iliqlikni taʼminlaşi mumkin.
Gadjet iOS va Android tizimlarida işlaydi, uning töliq quvvati 24 soatga yetişi közda tutilgan. Akkumulyator USB-C orqali ikki soatda töladi. Uskunaning oğirligi atigi 85 gramm.
Reon Pocket'ning 2 xil varianti işlab çiqilgan. Standart yeçimda sozlamalar köproq va avtomatik tarzda işlay oladi. Osonlaştirilgan muqobilini faqatgina qölda boşqariş kerak, şunga yaraşa uning narxi pastroq.
Konditsionerning versiyasi va u bilan birga sotib olinadigan köylakning soniga qarab umumiy narx 117–175 AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Gadjetni faqatgina Yaponiyada buyurtma qiliş mumkin.









