Avvalroq yoş yigit UzAuto Motors’ni maqtagani uçun tanqidlar girdobida qolgani haqida yozgan edik. Tarmoqlarda kompaniya faoliyatini tanqid qilişni bas qilişni söragan yigitning videosi tarqatilgan edi.
Video tarqalgaç yoş yigit ijtimoiy tarmoqlarda öziga nisbatan minglab negativ izohlarni qabul qilib oldi. Şunday ruhdagi izohlarni körgaç yigit yana bir video olişga majbur böldi.
“Mening intervyum juda katta şov-şuvlarga sabab böldi, tanqid ostida qolib ketdim, yomon izohlar yozildi. Oldimga kelib GM haqida yaxşi fikrlaringizni bildiring deyişgani uçun men bular haqida gapirdim. Bu sizlarga salbiy taʼsir qiladi deb öylamagandim. Kimnidir hafa qilgan bölsam meni keçirişingizni sörayman. Iltimos mening nomimga yomon izoh va sökişlarni yozmanglar”, – deydi yigit.









