Şavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynaşini maʼlum qildi

Şavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynaşini maʼlum qildi

Prezident Oqdaryo tumanidagi Pure milk Oqdaryo fermer xöjaligi dalasida bölib, mirişkorlar bilan suhbatlaşdi.

Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifi davomida Oqdaryo tumanidagi Pure milk Oqdaryo fermer xöjaligi dalasida bölib, mirişkorlar bilan suhbatlaşdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Qanday qilib odamlarning daromadini oşiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi. Buning uçun har bir hudud, har bir sohada imkoniyatlar bor. Qişloq xöjaligida – yangi texnologiyalarni joriy qilib, hosildorlikni oşiriş, xomaşyoni qayta işlaş. Qayta işlaş bölsa, daromad, iş örni köpayadi”, - dedi Mirziyoyev.

Qayd etilişiça, paxtaçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan mazkur fermer xöjaligining maydoni 1 ming 360 gektarni taşkil etadi. Ğözani tomçilatib suğoriş joriy etilgan.

Davlat rahbari qolgan xöjalik va klasterlar yerini ham tomçilatib suğorişga ötkaziş, hosildorlik past maydonlarda ğallani qisqartirib, daromadi undan yuqori meva-sabzavotlar ekiş, fermer va klasterlar uçun minitexnologiyalar yetkazib beriş böyiça körsatmalar berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruktsiya qiliş böyiça körsatmalar bergani haqida xabar qilgan edi

×