Andijon banklaridagi mansabdorlar 15 milliardan ortiq kredit pullarini özlaştirgan

Andijon banklaridagi mansabdorlar 15 milliardan ortiq kredit pullarini özlaştirgan

Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan tijorat banklarining 20 nafar mansabdori korruptsiya va mansabdorlik jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda viloyat prokurori Ğayrat Fozilov 23 noyabr kuni viloyat hokimligida bölib ötgan yiğilişda maʼlum qilgan.

Ularning 8 nafari “Xalq banki”, 4 nafari “Agrobank”, 3 nafari “Mikrokreditbank”, 2 nafari “Milliybank” va qolgan 3 nafari “Asakabank”, “Özsanoatqurilişbank” va “Hamkorbank” xodimlari ekanligi aytilgan.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholiga tarqatilişi lozim bölgan 700 million söm imtiyozli kredit mablağlari ham bank mansabdor şaxslari tomonidan talon-toroj qilingan.

Kredit ajratiş va uning sarflanişini monitoring qiliş borasidagi suiisteʼmollik va közböyamaçiliklar 15,5 milliard söm kredit mablağlarining maqsadsiz işlatilişiga olib kelgan.

Manba: Effect.uz

×