Özbekiston böylab 9 dekabr kuni ham yoğingarçilik (yomğir va qor) saqlanib qoladi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yomğir yoğadi. Şarqiy ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi, tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda 20-22 m/s gaça yetişi mumkin. Harorat keçasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda 20-22 m/s gaça yetişi mumkin. Harorat keçasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi.
Toşkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq böladi.
Respublikaning toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, baʼzi joylarda kuçli bölişi, tuman tuşişi mumkin. Toşkent va Namangan viloyatarida qor köçişi xavfi bor. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq böladi.









