Toşkent viloyatida beş nafar nomaʼlum şaxs yurib ketayotgan teplovozdan kömir öğirlamoqçi böldi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ rasmiy kanali xabar berdi.
Qayd etilişiça, 17 noyabr kuni Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Angren şahridagi filialiga tegişli kömir ortilgan 50 vagonli yuk poyezdidan tört vagonni uzib qoldiriş uçun “Obliq” temir yöl bekatida töxtatilgan. Uzib qolingan vagonlar belgilangan manzilga olib boriş uçun teplovozga ulangan. Yuk poyezdi harakatlangan vaqtda 5 nafar nomaʼlum şaxs vagonga osilib, kömir mahsulotini talon-toroj qilişga uringan.
Vazkur holatni körgan va şu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron öqçilik komandasi öqçisi vagonga çiqqan nomaʼlum şaxslarni uşlaş maqsadida teplovozni töxtatgan. Teplovoz töxtagan vaqtda uşbu nomaʼlum şaxslar har tomonga qoçib ketişgan.
Hozirda mazkur nomaʼlum şaxslarni aniqlaş, kelgusida ularning uşbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho beriş yuzasidan tezkor suriştiruv tadbirlari olib borilmoqda.









