2022 yilda dunyo böylab harbiy ziddiyatlarda 238 ming kişi halok böldi. Qarorgohi Avstraliyaning Sidney şahrida joylaşgan Xalqaro iqtisodiyot va tinçlik instituti hisobotida qayd etilişiça, XXI asr boşlanganidan buyon uruşlarda bu qadar köp inson bevaqt hayotdan köz yummagan edi.
Ölimlar soni oşgani sabablaridan biri Ukraina uruşidir. Rossiyaning qöşni ölkaga bosqini oqibatida ötgan yili 83 ming kişi halok bölgan. Efiopiyadagi qirğinbarotlarda esa jahon böylab eng köp ölim körsatkiçi (100 ming) qayd etilgan.
2022 yilda harbiy ixtiloflar jahon işlab çiqarişi hajmini qariyb 13 foizga qisqartirgan.
Xalqaro institut xulosasiga köra, global tinçliksevarlik darajasi ketma-ket töqqiz yildan buyon quyiga şönğimoqda. Ekspertlar harbiy ziddiyatlar tobora baynalmilal tus olayotganiga ham eʼtibor qaratgan. Ayni vaqtda sayyoramiz böylab 91 mamlakat turli harbiy ziddiyatlarga aralaşgan. 2008 yilda 58 davlat qurolli ixtiloflarda iştirok etgan edi.
Global tinçliksevarlik indeksi keyingi yillarda uruşda biror bir tomonning ğalaba qozonişi tobora muşkullaşib borayotganini körsatmoqda. Masalan, Yaman va Suriyada 9 va 12 yildan buyon ixtiloflar davom etmoqda, ammo hali biror bir tomonning qöli baland kelişi haqida aniq gap aytiş amrimahol.
Islandiya dunyodagi eng tinç mamlakat deb topilgan bölsa, Afğoniston 8 yildan buyon eng beqaror ölka bölib qolmoqda. Yaman, Suriya, Janubiy Sudan va Kongo Demokratik Respublikasi ham uruş olovi lovillab turgan mamlakatlar sanaladi.
Xalqaro iqtisodiyot va tinçlik instituti tadqiqotiga qaraganda, 2022 yilda harbiy ziddiyatlar dunyo mamlakatlariga 17,5 trillion dollarga tuşgan. Bu jahon YAIMning 12,9 foizi deganidir. Agar uşbu mablağ taʼlim, soğliqni saqlaş va iqtisodiyotni rivojlantirişga sarflanganida, insoniyat hayoti ança farovonlaşgan bölar edi, deb hisoblaydi tadqiqot mualliflari.









