Boş prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy iş qözğatişni rad etdi

Boş prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy iş qözğatişni rad etdi

Joriy yilning 21 avgust kuni Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv yakunlari böyiça UzAuto Motors AJda qonunçilik hujjatlari buzilişi, korruptsion holatlar va isteʼmolçilar huquqlariga putur yetkaziş kabi alomatlar körinayotganligi sababli boş prokurorga “Deputatlik sörovi” yuborgan edi.

Rasul Kuşerbayevning yozişiça, “Deputatlik sörovi” özi, Doniyor Ğaniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eşmirzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirov tomonidan yuborilgan. Unda masalani Boş prokuratura mahkamasi tomonidan örganib, huquqiy baho beriş va jinoyat alomatlari bor yoki yöqligi yuzasidan öz nuqtayi nazarini bayon etiş söralgan.

“Köpçilik saylovçilarni qiziqtirayotgan sörov yuzasidan şu yilning 4 noyabr kuni boş prokuror örinbosari imzosi bilan xabarnoma şaklida javob xati oldik.

Boş prokuratura tomonidan 2020 yil 28 oktyabr sanasi bilan röyxatdan ötkazilgan xabarnomada UzAuto Motors AJda ötkazilgan tekşirişda töplangan hujjatlar böyiça jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat işi qözğatiş rad etilganligi, agar tekşirişdan norozi bölsak qaror ustidan şikoyat qilişimiz mumkinligi maʼlum qilingan”, – deb yozadi Rasul Kuşerbayev. 

Uning maʼlum qilişiça, “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslari Qonunçilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining söroviga, agar boşqa muddat belgilangan bölmasa, sörov olingan kundan eʼtiboran ön kundan keçiktirmay yozma javob yuborişi, sörovga javob öz nomiga sörov yuborilgan mansabdor şaxs yoki uning vazifalarini vaqtinça bajarayotgan şaxs tomonidan imzolanişi belgilangan.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor şaxslar tomonidan parlament sörovini, deputat, senator sörovini körib çiqmasdan qoldiriş yoki ularni körib çiqiş muddatlarini uzrli sabablarsiz buziş yoxud ular yuzasidan bila turib notöğri maʼlumotlarni qasddan taqdim etiş, mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan yetti baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. 

Joriy yilning iyul oyi oxirlarida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi UzAuto Motors AJga nisbatan iş qözğatgandi.

Öz navbatida, UzAuto Motors bayonot bilan çiqib, avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytiriş imkonsiz ekanini maʼlum qildi.

Sentyabr oyi örtalarida UzAuto Motors Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oşirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotiş böyiça körsatmasini öz içiga olgan qarori ustidan Toşkent şahar maʼmuriy sudiga şikoyat qildi.

30 oktyabr kuni sud avtomobillar narxi masalasida UzAuto Motors foydasiga qaror çiqardi.

×