Qurʼoni karimga hurmatsizlik qilib videoga olgan «ateist» uşlandi – IIV

Qurʼoni karimga hurmatsizlik qilib videoga olgan «ateist» uşlandi – IIV

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy adovatni qözğatiş va dindorlar orasida murosasizlikni keltirib çiqarişni tarğib qiluvçi maʼlumotlar tarqalmoqda, deyiladi IIV rasmiy maʼlumotida.

Xususan, joriy yilning 29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda özini «ateist», deb taniştirib, u tomonidan dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi – Qurʼoni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab böldi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan suriştiruvlar davomida, mazkur şaxs Mingbuloq tumanidan bölgan Şerzod Turdiyev emasligi aniqlandi.

Ötkazilgan tekşiruv harakatlari natijasida, uşbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirgan şaxs aniqlanib, tergovga qadar tekşiruv harakatlariga jalb qilindi.

Tekşiruv natijasiga köra, mazkur şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Jinoyat işi böyiça tergov natijasiga köra, qöşimça maʼlumot berib boriladi.

«Şu örinda, fuqarolarimizdan yurtimizda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik kabi azaliy anʼanalarimizga kundalik hayotimizda amal qilişlarini hamda muqaddas dinimizni oyoq-osti qilib, aholi orasida ixtiloflar keltirib çiqarişga bölgan urinişlar uçun qonunda javobgarlik belgilanganligini eslatib ötamiz», deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu holatga Özbekiston musulmonlari idorasi öz munosabatini bildirgandi.

×