Taniqli aktyor, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov «Injil»ni ovozlaştiriş işlarida iştirok etayotganini bildirgani köpçilikning tanqid va eʼtiroziga sabab bölgandi. Bunday xatti-harakati musulmon eʼtiqodiga töğri kelmasligini anglagaç, aktyor mazkur loyihada iştirokini töxtatdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoq orqali quyidagiça maʼlum qildi:
«Assalomu alaykum, aziz dindoşlar! Barçangizga Parvardigori OLAM inʼom etgan yangi kun muborak bölsin!
Ijtimoiy tarmoqlarda juda köp muhokamalarga sabab bölgan mavzuda yangi post qoldirmoqçiman.
Maʼlumingizkim, yangi loyiha ustida iş jarayonlari boşlangan edi. Uşbu jarayonni yoritiş maqsadida izohli rasm qoldirilgandi. Ammo, avvalambor, bu iş, islomiy jihatdan kufr sanalgani, muqaddas dinimizda uşbu loyiha uçun ruxsat yöqligi va muxlislarning fikrlarini inobatga olib, uşbu loyihadagi iştirokimni töxtatganimni rasman eʼlon qilmoqçiman!
Men şu paytgaça muxlislarimni tarixiy va zamonaviy obrazlarim bilan xursand qilib kelganman va bundan buyon Parvardigor qança umr bergan bölsa, xalqimiz uçun ana şunday obrazlarni yaratişga harakat qilaman.
Uşbu masala böyiça özlarining obʼektiv fikrlarini bildirgan birodarlarimizga Ollohning marhamati va rahmatini tilayman. Tiliga erk bergan, diniy muomala madaniyatini unutganlarga esa Yaratgandan insof sörab qolaman!
Barçangizga dunyo va oxirat yaxşilik va saodatini tilab, hammalaringizga hurmat-ehtiromini izhor etib,
Muhammadali Abduqunduzov!»









