Navoiydagi «samosud» tafsilotlari maʼlum böldi: işçini fermer şu köyga solgani aytilmoqda

Navoiydagi «samosud» tafsilotlari maʼlum böldi: işçini fermer şu köyga solgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaroni böyin va qöl qismlarini arqon bilan boğlagan hamda fuqaroga tan jarohati yetkaziş alomatlari mavjud körinişda traktor tirkamasida majburiy ravişda olib ketayotganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davrida qöyidagilar aniqlangan:

Qayd etilişiça, şu  yilning 3 oktyabr kuni soat 10:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumani «Yangi hayot» MFY hududida joylaşgan  fermer xöjaligi yer maydonida uşbu fermer xöjalik işçisi bölgan 32 yoşli S.Ş. spirtli içimlik isteʼmol qilib mast holda fermer xöjaligi rahbari 26 yoşli J.N.ni şaʼni va qadr qimmatini kamsituvçi har xil qöpol sözlar bilan haqoratlagan.

Fermer xöjaligi rahbari J.N. işçisi S.Ş.ni yuzi va tanasini turli joylariga urib, tepgan holda jarohat yetkazib, böyindan arqon bilan boğlab, qöşni fermer xöjaligi traktorçisi fuqaro 28 yoşli S.N. bilan birgalikda uning traktorida fuqaro S.Ş. ni fermer xöjalikning dala şiyponiga olib borib, qiynoqqa solib, daraxtga boğlab, taşlab ketganliklari aniqlangan.

Öz navbatida, uşbu kuni bölgan holatni J.N. özining qöl telefoniga video tasvirga olib tanişi T.R.ga «Telegram» messenjeri orqali yuborgan. T.R. uşbu videoni Qiziltepa tumanidagi tanişlariga yuborganligi aniqlangan.

Bundan taşqari, 2020 yil 4 oktyabr kuni fuqaro S.Ş. fermer xöjaligi rahbari J.N.ning Qiziltepa tumani «Azizabod» MFYdagi yaşaş xonadoniga bir kun oldingi holatga oydinlik kiritiş maqsadida borganida fermer xöjaligi rahbarining otasi 52 yoşli N.V. özaro vujudga kelgan tortişuvdan söng S.Ş.ni yaşaş xonadoniga olib kirib tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) va 138-moddasi 1-qismi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Suriştiruv davom etmoqda.

×