Samarqandda koronavirus bemorlari kamaytirib körsatilayotganiga SSV munosabat bildirdi

Samarqandda koronavirus bemorlari kamaytirib körsatilayotganiga SSV munosabat bildirdi

Avvalroq, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov Samarqand viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar soni 10 barobar kamaytirib körsatilganini aytib çiqqandi.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi statistika böyiça tanqidlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unda qayd etilişiça, vazirlik koronavirus bilan boğliq statistik raqamlarni yaşirişdan manfaatdor emas. Bundan taşqari, koronavirus statistik körsatkiçlari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalari asosida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan olib boriladi va unga maxsus laborator (PZR) tibbiy tekşiruvlar (şu jumaladan, nodavlat tibbiyot muassasalarida ötkazilgan test natijalari) orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi.

“Ayrim simptomlar mavjud bölib, koronavirusga gumon qilingan, lekin infektsiya tasdiqlanmagan, şuningdek, pnevmoniya yoki ötkir respirator infektsiyasiga çalingan yoki ularga gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi”, deya taʼkidlagan SSV.

Şuningdek, hozirda mavsumiy yuqumli respirator kasalliklar avj oladigan kuz fasli boşlangani inobatga olinsa, turli virusli kasalliklarning aholi orasida avj olişi ham davolaş muassasalaridagi bemorlar sonining köpayişiga sabab bölmoqda.

Vazirlik maʼlumotiga köra, yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonalar hamda mamlakatning qator hududlaridagi Saralaş va taqsimlaş markazlari, şuningdek, vaqtinçalik “COVID” şifoxonalarida, jumladan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham bunday bemorlar statsionar şaroitda davolanişmoqda. 

Qayd etilişiça, hozirda Samarqand viloyatida 14 ta tuman va 2 ta şahar aholisi uçun 41 ta şifoxonada jami 11 763 şifo-örinlari mavjud. 

Şundan koronavirusni davolaş hamda kasallikda gumon qilingan bemorlar boşqa bemorlardan alohidalaş uçun yuqorida körsatilgan 14 ta tuman va 2 ta şaharda 2 950 ta şifo-örni yaratilgan.  

Hozirda uşbu şifo-örinlarida koronavirusga gumon qilingan, lekin PZR laborator tekşiruvida tasdiqlanmagan (şu jumladan, klinik simptomlari öxşaş bölgan mavsumiy yuqumli respirator kasalliklarga çalingan) bemorlarni boşqa turdagi kasalliklardan alohida statsionar davolanişi taşkil etilgan.

Şu yil 7 oktyabr holatiga köra, viloyatda 136 nafar JSST tavsiyalari asosida koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemor davolanmoqda. Bu vazirlik berayotgan rasmiy statistikaga mos keladi.

“Şuni taʼkidlab ötiş joizki, ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot nuqtai nazaridan, şuningdek, yuqorida körsatilgan koronavirus hamda unga gumon qilingan yoki mavsumiy respirator yuqumli kasalliklari mavjud bemorlarning umumiy statistikasi tahlil qilinmagan holda berilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi aholi orasida örinsiz carosimaga sabab böluvçi  tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni, şuningdek, faqat rasmiy maʼlumotlarga tayangan holda fikr yuritişni sörab qoladi”, deyiladi bayonotda.

Ammo bir savol tuğiladi: vazirlik nega munosabatini Korruptsiyaga qarşi kuraş agentligiga qaratmadi? Axir Samarqandda statistika yaşirilgani haqidagi maʼlumotni agentlik direktori Akmal Burhonov eʼlon qildi-ku. 

×