1 noyabrdan Toşkent metropolitenida jetonlardan foydalaniş töxtatiladi

1 noyabrdan Toşkent metropolitenida jetonlardan foydalaniş töxtatiladi

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yölovçi taşişda yölkira haqini tölaşning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toşkent şahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yönalişlarida avtomatlaştirilgan tölov tizimini joriy etiş işlari doirasida 2020 yil 3 yanvardan eʼtiboran yagona transport kartalari muomalaga çiqarilgan.

Hozirgi kunda Toşkent metropolitenining barça liniyalaridagi bekatlar yöl haqi tölovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oşiriş imkoniyatini beruvçi stattsionar validatorlar bilan jihozlandi.

Şu bilan birga poytaxtimizda yölovçilarga xizmat qilayotgan “Toşşahartransxizmat” AJga qaraşli 1000 dan ortiq avtobuslarning barçasi elektron kartalar orqali tölovlarni amalga oşiriş imkonini beruvçi mobil va stattsionar validatorlar bilan töliq taʼminlandi.

Navbatdagi bosqiçda yölovçilarning yagona transport kartalari orqali yöl haqi tölovlarni amalga oşiriş kölamini kengaytiriş, avtomatlaştirilgan tizimning tölaqonli işlab ketiş jarayonini tezlaştiriş, şuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz keçiş maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan Toşkent metropolitenida jetonlardan foydalaniş töxtatilişini maʼlum qilamiz.  

Eslatib ötamiz, yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yöl çiptalarini sotiş şahobçalari, infokiosklar, barça elektron tölov tizimlari, şuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali töldiriş imkoniyati mavjud!

Hurmatli yölovçilar, endi siz şahobçalar va kassalarga murojaat etib, ortiqça vaqt sarflaşingizga hojat yöq. Qolaversa, öz salomatligingizni asraş maqsadida ham yöl haqi tölovlarini naqd pul körinişida amalga oşirişdan voz keçing.

Yöl haqi tölovlarini yagona transport kartalari orqali amalga oşiring. Avtomatlaştirilgan tölov tizimi doirasida uşbu zamonaviy va yangi xizmat imkoniyatlaridan foydalaning!

×