Mamlakatimizda pandemiya şaroitida yuzaga kelişi mumkin bölgan dori-darmon taqçilligini oldini oliş maqsadida davlatimiz tomonidan qator çoralar körilmoqda. Avvalo, hududlarda yetişmovçilik kuzatilayotgan dori-darmonlar aniqlanib, ularni yetkazib beriş masalalari hal etilmoqda. Hozirda uşbu dori vositalarining 24 milliard sömlik zaxirasi şakllantirilib, ayni paytgaça poliklinikalar orqali 300 ming töplam dori qutilari aholiga tarqatilmoqda.
Maʼlumki, hozirda jahon tibbiyotida koronavirus infektsiyasidan davolaş uçun “Remdesivir” va “Favipiravir” dori vositalari keng qöllanilmoqda. Davlatimiz rahbarining topşiriğiga asosan, aholini aynan şunday sifatli va qimmatbaho preparatlar bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirga qadar kasallikning boşlanğiç bosqiçidagi bemorlar uçun 17 ming dona (17 ming nafar bemorga möljallangan) “Favipiravir” va oğir holatdagi bemorlar uçun 15 ming dona (2 500 nafar bemorga möljallangan) “Remdesivir” dori vositasi davolaş muassasalariga bepul yetkazib berildi.
Eng eʼtiborlisi, yurtimizda ham işlab çiqarilişi yölga qöyilayotgan “Remdesivir” preparati bilan aholini taʼminlaş qisqa vaqt içida bir neça barobarga oşirilişi kutilmoqda.
Şuningdek, ayni paytgaça maktab öqituvçilari uçun 4 million 715 ming dona tarkibida koronavirusga qarşi samarali bölgan tsink mikroelementi mavjud preparatlar yetkazib berildi.
Davlat rahbari tomonidan har oy şu kabi dori vositalari turkumini respublika şifoxonalariga uzluksiz yetkazib beriş böyiça tegişli topşiriqlar berilgan.
SSV









