“Alkogol mahsulotlari uçun eng kam ulgurji-sotiş va çakana narxlarga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami 3188-1, 29.09.2020 y).
Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:
— vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uçun:
• işlab çiqaruvçi korxonalarning eng kam ulgurji-sotiş narxi – 9 400 söm (ilgari 8 600 söm);
• eng kam çakana narx – 11 200 söm (ilgari 10 200 söm).
— konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uçun:
• işlab çiqaruvçi korxonalarning eng kam ulgurji-sotiş narxi – 33 000 söm (ilgari 31 000 söm);
• eng kam çakana narx – 39 000 söm (ilgari 36 600 söm).
— aroq va boşqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uçun:
• işlab çiqaruvçi korxonalarning eng kam ulgurji-sotiş narxi – 24 000 söm (ilgari 22 000 söm);
• eng kam çakana narx – 28 500 söm (ilgari 26 000 söm).
Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradi.









