Koronavirus kasalligini keng tarqalib ketişini oldini oliş maqsadida yetti mingga yaqin qöşimça örinlar tayyorlab qöyilgan. Bu haqda koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova «Şifobaxşuz» kanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Karantin çoralarini yumşatilişining sababi, ayni vaqtga kelib soğliqni saqlaş tizimi kasallikka kuraşi kuraşga tayyor böldi. Agar kasallik ortib ketsa ham, bunga tizimni kuçi yetadi. Qöşimça 6700 ta şifo örinlari tayyorlab, moddiy texnika bilan jihozlangan. Uç mingga yaqin malakali şifokorlar qöşimça kuç sifatida tayyorgarlikdan ötkazildi», – dedi mutaxassis.
Abdusamatova xonimning qöşimça qilişiça, karaytin çoralarini yumşatilişi paxta mavsumi bilan boğliq emas.
Avvalroq, Respublika maxsus komissiyas aʼzosi Nurmat Otabekov karantin falonçi sanada qaytar ekan, degan fikrni aylantirgandan köra çeklovlarga jiddiy eʼtiborda böliş kerakligi haqida aytib ötgan edi.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Özbekistonda 15 avgustdan boşlab karantin çeklovlari bosqiçma-bosqiç yumşatilgan. Xususan, 15 avgustdan boşlab avtomobillarning kun davomida harakatlanişiga, mahalliy avia va temiryöl qatnoviga, xususiy boğça va maktablar faoliyatiga, 30 kişilik töylarni ötkazişga ruxsat berilgan. 17 avgustdan viloyatlar örtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan taşqari) va şahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta oçildi. 20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta işga tuşdi.









