Suma Çakrabarti Şavkat Mirziyoyevga maslahatçi bölişi kutilyapti

Suma Çakrabarti Şavkat Mirziyoyevga maslahatçi bölişi kutilyapti

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Çakrabarti Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlanişi kutilmoqda. Bu haqda Suma Çakrabarti Twitter`dagi sahifasida maʼlum qildi.

“Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev meni iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlayotganidan bağoyatda xursandman. Unga islohotlar dasturini amalga oşirişda yordam berişdan mamnun bölamiz”, degan Çakrabarti.

Avvalroq, Suma Çakrabarti Qozoğiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça ştatdan taşqari maslahatçisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Eslatib ötamiz, Suma Çakrabarti 8 yil davomida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan. U “Trend” naşriga bergan intervyusida Özbekiston iqtisodi juda yaxşi rivojlanayotganini va bu yiliga 5-6 foizni taşkil etayotganini aytib ötgandi.

Çakrabartining taʼkidlaşiça, Jahon bankining "Iş yuritiş qulayligi" sönggi hisobotida, Özbekiston oxirgi ön ikki oy içida işbilarmonlik muhiti eng yaxşilangan yigirma mamlakat qatoriga kiritilgan.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Suma Çakrabartini "Döstlik" ordeni bilan mukofotlagandi.

Manba: Qalampir.uz

×