Yöqotilgan Aleksandriya asli qayerda — Afğoniston yoki Özbekistonda?

Yöqotilgan Aleksandriya asli qayerda — Afğoniston yoki Özbekistonda?

Bugun «Sevimli» telekanalida «Yöqotilgan Aleksandriya. Amudaryo qirğoğidagi Iskandar Maqduniy qalʼasi» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi rahbari Firdavs Abduholiqov va Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Edvard Rtveladze iştirok etdi.

Anjuman davomida Edvard Rtveladze tomonidan Surxondaryo viloyatida, Amudaryo böylarida joylaşgan Kampirtepa yodgorligi örnida qadimgi Oks böyidagi Aleksandriya şahri joylaşgani haqida ilmiy maʼlumot taqdim etildi. 

— Qirq yillik mehnatlarim natijasi ölaroq aytişim mumkinki, yöqotilgan Oks böyidagi Aleksandriya şahri aynan Kampirtepa örnida joylaşgan. Bu borada juda köp tadqiqotlar ötkazdim. Xususan, Ptolomey xaritasi bilan ham iş olib borganmiz.

Baʼzi olimlar Afğonistondagi Oyxonim harobalari örnida Oks Aleksandriyasi bölganini aytişadi. Ammo mening fikrim boşqaça. Aleksandr Makedonskiya Örta Osiyoni zabt etganida askarlari va sarkardalarini mahalliy aholi vakillaridan bölgan qizlarga uylantirgan. Uning sarkardasi Salavka söğd malikasi Alama bilan turmuş quradi. Mana şu nikohdan Salavkiylar davlatini boşqargan Antiox I tuğilgan. Ha, Antioxning tomirlarida söğd qoni oqqan.

Oyxonim — juda katta va buyuk şahar bölgan. Ammo u sal keyinroq, aynan Salavkiylar davlati gurkiragan davrda qurilgan va uning nomi Oks böyidagi Aleksandriya emas, balki Antioxiya bölgan, — deydi Rtveladze.

×