Namangan viloyatida yaşovçi 23 yoşli qiz özidan 10 yoş katta bölgan yigitlarni döpposladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Joriy yilning 25 iyun kuni soat 17:30 da 23 yoşli G.A. (qiz) Norin tumani Zarbdor MFY hududidan ötgan avtomobil yölida bezorilik qilgan. Qiz heç bir sababsiz 33 yoşli U.A. (erkak) ni qasddan qöllari bilan urgan va oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazgan.
1997 yilda tuğilgan G.A. özining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirgan. Qizning bezorilik harakatlarini oldini olişga harakat qilgan 30 yoşli A.N. (erkak) ga faol qarşilik körsatib, uning yuz qismiga qöllari bilan qasddan bir neça marotaba muşt tuşurgan.
Uşbu holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlaş vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatçilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan boşqa fuqarolarga qarşilik körsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









