Göşt 40 000 sömdan 75 000 sömgaça. Bozorlardagi narx-navo qanday?

Göşt 40 000 sömdan 75 000 sömgaça. Bozorlardagi narx-navo qanday?

Davlat statistika qömitasi Özbekistondagi markaziy dehqon bozorlaridagi narx-navolarni örgandi. Örganişlar natijasiga köra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi körinişga ega böldi:

Mol göşti

Mol göşti(suyaksiz göştidan taşqari) 1 kg 40 000 sömdan 65 000 sömgaç.  Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi, Nukus şahrining “Nukus dehqon bozori” va Urganç şahrining “Urganç markaziy dehqon bozori” ning arzonlaştirilgan göşt rastalarida 40 000 söm qayd etilgan. Mol göştining örtaça narxi esa, Çirçiq şahrining “Çirçiq şahar dehqon bozori” va Toşkent şahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 65 000 söm kuzatildi.

Qöy göşti

 Qöy göşti 45 000 sömdan 75 000 sömgaça (kg). Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Nukus şahrining “Nukus dehqon bozori”, Taşkent şahrining  “Farhod dehqon bozori” va “Qöyliq dehqon bozori”da 45 000 sömdan röyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining “Eski jöva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 75 000 söm kuzatildi.

Kartoşka

Kartoşkaning 1 kg narxi 2 500 sömdan 6 000 sömgaça. Kuzatuv natijalariga köra, Jizzax şahrining  “Eski şahar dehqon bozori”, Namangan şahrining “Namangan çorsu dehqon universal bozori”, Termiz şahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston şahrining “Guliston dehqon bozori”, Çirçiq şahrining “Çirçiq şahar dehqon bozori”, Urganç şahrining “Urganç markaziy dehqon bozori”, Taşkent şahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qöyliq dehqon bozori”da sotuvda bölgan yirik bölmagan kartoşkaning narxi minimal narx sifatida 2 500 söm qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoşkaning narxi maksimal narx sifatida 6 000 söm qayd etildi.

Piyoz

Piyoz 1000 sömdan 3 000 sömgaça (kg). Kuzatuv natijasiga köra, Namangan şahrining “Namangan çorsu dehqon universal bozori”, Samarqand şahrining “Damariq dehqon bozori”, Termiz şahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston şahrining “Guliston dehqon bozori”, Çirçiq şahrining “Çirçiq şahar dehqon bozori” da 1000 söm röyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Urganç şahrining “Urganç markaziy dehqon bozori”, Toşkent şahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bölgan saralangan piyozning narxi 3 000 söm kuzatildi.

Sabzi

Sabzi 1 kgmi 1 500 sömdan 5 000 sömgaça sotilgan. Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Jizzax şahrining “Eski şahar dehqon bozori”, Namangan şahrining “Namangan çorus dehqon universal bozori”, Termiz şahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori", Çirçiq şahrining “Çirçiq şahar dehqon bozori” va Farğona şahrining "Markaziy dehqon bozori”da 1 500 söm qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bölgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida 5 000 söm qayd etildi.

Tuxum

10 dona tuxumning narxi 6 000 sömdan 12 000 sömgaça sotilgan. Kuzatuv natijasiga köra, Samarqand şahrining “Siyob dehqon bozori” da sotuvda bölgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi 6 000 söm. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da qayd etilgan 12 000 söm.

Guruç

Guruçning 1 kg 5 000 sömdan 18 000 sömgaça qayt etilgan. Kuzatuv natijalariga köra, guruç mahsulotining minimal narxi Guliston şahrining “Guliston dehqon bozori”da 5 000 sömdan qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toşkent şahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruç 18 000 söm).

Ösimlik yoği

Ösimlik yoğining 1 litri 8 800 sömdan 15 000 sömgaça sotilgan. Ösimlik yoği mahsulotlarining kuzatuv natijasiga köra minimal narxi Toşkent şahrining “Eski jöva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yoği 8 800 söm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand şahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temir yöl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toşkent şahrining “Mirobod dehqon bozori”da kungaboqar yoği 15 000 söm kuzatildi.

Şakar

Şakarning 1 kg 5 800 sömdan 7 000 sömgaça qayd etilgan. Şakar mahsulotining kuzatuv natijasiga köra minimal narxi Toşkent şahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jöva dehqon bozori” va “Qöyliq dehqon bozori”da 5 800 söm qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining “Eski jöva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 7 000 söm kuzatildi.

×