Karantin kuçaytirilganiga qaramay, koronavirusga çaliniş böyiça antirekord yangilandi

Karantin kuçaytirilganiga qaramay, koronavirusga çaliniş böyiça antirekord yangilandi

Özbekistonda joriy yilning 10 iyulidan karantin çoralari kuçaytirilganiga qaramay, koronavirusga çaliniş holatlari kamayişi kuzatilayotgani yöq. Aksinça, 27 iyul kuni anterekord yangilandi. 

27 iyul kuni mamlakatda 678 holatda kasallik qayd etilgan bölib, ularning barçasi koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şu bilan birga, bugun Toşkent şahrida 5 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toşkent şahri, Toşkent, Qaşqadaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farğona hamda Jizzax viloyatlarida jami 569 nafar bemor soğaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 55 foizni taşkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari oğir, 83 nafari esa öta oğir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 155 nafar, statsionar karantinda esa 25 178 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.

×