Özbekistonda koronavirusdan soğayiş böyiça rekord örnatildi

Özbekistonda koronavirusdan soğayiş böyiça rekord örnatildi

Keça,  22 iyul soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 55 nafarga oşib, 18 379 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazrligi xabar berdi.

Yangi kasallaniş holatlarining 47 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, keça Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafari, Namangan viloyatida 61 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farğona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar, jami 351 nafar bemor tuzaldi.

Şunday qilib Özbekistonda 9 872 (+351) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (53 foiz) soğaygan.

Hozirda mamlakatda 8 409 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.

×