Habib Nurmagomedov otasining ölimidan keyin faoliyatini yakunladimi?

Habib Nurmagomedov otasining ölimidan keyin faoliyatini yakunladimi?


Rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz tvitterdagi sahifasida sportçining karerasini tugatgani haqidagi maʼlumotlarga munosabat bildirdi.

«Baʼzi rus ommaviy axborot vositalari menga Habibning faoliyatini yakunlaganligi haqida gapirişdi. Bu mutlaqo yolğon. Habib otasining vafotidan keyin motam tutmoqda”, – deb yozdi Abdel-Aziz. U vaziyatga xayrixoh bölişni va soxta yangiliklarga eʼtibor bermaslikni söradi.

Maʼlumot uçun, Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirusdan vafot etgandi.

×