Bugun AOKA huzuridagi ştabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov iştirokida karantin çeklovlari böyiça Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bölib ötdi.
Brifingdan muhim maʼlumotlar:
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 10 iyuldan eʼtiboran respublika miqyosida qator çeklov çoralari örnatilgan. Jumladan:
– 10 iyul sanasidan avtobuslar harakati vaqtinça töxtatiladi;
– 13 iyul, duşanba kunidan mahalliy yönalişlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham töxtatiladi;
– Kuçaytirilgan karantin tartibi şaroitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib keliş böyiça repatriatsion reyslar bajariladi;
– Çegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkaziş uçun avtobus taşuvlari amalga oşiriladi.
– Şuningdek, karantin muddatini ötab bölgan fuqarolarni reabilitatsiya uçun şifoxonalarga va yaşaş manzillariga yetkazişda temiryöl va avtobuslardan foydalaniladi.
– Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan “sariq” va “yaşil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan çarter reyslari kelib tuşgan arizalarga muvofiq taşkil etiladi;
– yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:
✔️yölovçi taşiş uçun avtotransport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan şaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan tösilgan bölişi kerak;
✔️haydovçi va yölovçi tibbiy niqobda bölişi (tibbiy niqobsiz yölovçini taşiş taqiqlanadi) lozim;
✔️faqatgina ikki nafar yölovçilarni avtotransport vositasi saloni orqa örindiğiga ötkazilişi kerak;
✔️faqatgina avtotransport vositasi davlat röyxatidan ötkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida) harakatlanişi şart.









