Bugun Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilgani maʼlum bölgandi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonning birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyevga maktub yölladi.
«Muhtaram Nursulton Abişeviç!
Sizning koronavirus kasalligiga çalinganingiz töğrisidagi xabarni çuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.
Hayotingizdagi uşbu sinovli va murakkab paytlarda biz uçun hamişa çeksiz ehtiromga sazovor bölib kelgan Siz, aziz oğamni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligimni va yaqin kömakdoş ekanligimni yana bir bor çin qalbdan maʼlum etmoqçiman.
Heç şubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib ötib, şifo topişingizga va tuzalib ketişingizga işonçim komildir.
Qadrli Nursulton Abişeviç, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuç-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilişini sörab qolaman.
Tez orada Siz bilan diydor körişiş baxtiga muyassarlik nasib etişiga umid qilaman» – deyiladi Şavkat Mirziyoyev maktubida.









