Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabariga köra, Pandemiya xavfi tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida çet el fuqarolarining qonuniy bölişi huquqini beruvçi barça hujjatlar, jumladan, patentlarning amal qiliş muddatini 2020 yil 15 iyungaça uzaytirgan edi.
Şu bois bugundan, yaʼni 16 iyundan boşlab Rossiya Federatsiyasi hududida çet el fuqarolarining işlaş huquqini beruvçi ruxsatnoma, patent rasmiylaştiriş zarur böladi.
Şuningdek, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtinça böliş, vaqtinça yoki doimiy yaşaş, yaşaş joyida röyxatda turiş muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigaça tugaşi közda tutilgan bölsa, uşbu muddatlarni tugatmaslik.
Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy tartibda çiqarib yuboriş töğrisida qaror qabul qilingan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy çiqib ketiş, deportatsiya qiliş muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytiriş belgilangan.









