"HUMO" muammosi: keksalar naqd pul yeçtirişda qiynalmoqda

"HUMO" muammosi: keksalar naqd pul yeçtirişda qiynalmoqda

Bugun iş bilan bozorga, aniqroği, Qoraqamişdagi "Tansiqboyev" dehqon bozoriga tuşdim. Yöl-yölakay plastikdan pul yeçtirdim. Şu mahal yoşi kattaroq onaxon plastigidan pul yeçib berişimni iltimos qildi. Rozi böldim. Ammo "HUMO" plastik kartasini menga uzatdi. "Ammo"ning sababi şuki, men pul yeçgan bankomat bu plastik kartani qabul qilmasdi. Şunda onaxon ayni damda köpçilik keksalarimizni öylantirayotgan savol bilan murojaat qildi:

— Pulni qayerdan yeçtiray, bolam?

Javob yöq. "Humo" plastik kartasidan pul yeçadigan bankomat esa bu yaqin atrofda yöq. Ammo men yaşaydigan mahallada pensiya oladigan keksalar köp. Umuman, oddiy bankomat turadigan har bir joyda "HUMO" plastik kartasini qabul qiladigan bankomat ham turişi kerak.

"HUMO" milliy brend, bunga eʼtiroz yöq. Ammo yuqoridagi kabi noqulayliklar şundoq ham miyasida "özimizniki yaxşi emas", degan tuşunça muhrlanib qolgan xalqimizning könglidagi norozilikni yana oşiradi. Eng qiziği, uşbu muammo "HUMO" oçilganidan beri bor, ammo hanuz hamma hududda yetarliça qulaylik yaratilmagan.

Uşbu holat, muammoga "HUMO"dan tezkor va samarali yeçim kutamiz.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: Aniq.uz

×