Yulduz Usmonova iştirokidagi videotasvir yuzasidan IIV suriştiruv boşlaganini malum qildi

Yulduz Usmonova iştirokidagi videotasvir yuzasidan IIV suriştiruv boşlaganini malum qildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning içki işlar organlari xodimlari faoliyatidan noroziligi aks etgan videomateriallar tarqaldi. Mazkur tasvirlar joriy yilning 4 mayda Yu.Usmonovaning instagram ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida töğridan-töğri efirdan yozib olingan. Videotasvirdagi haqoratomuz fikrlar bevosita içki işlar organlariga bildirilganligi uçun, Içki işlar vazirligi tomonidan körib çiqilmoqda.

Içki işlar organlari xodimlarining maʼnaviy jihatdan qöllab kelayotgan, öz ijod namunalari bilan vatanparvarlik tuyğusini yanada yuksaltiriş, yoşlar ruhiyatida vatanga xizmat qilişdek muqaddas burçni şakllantirayotgan sanʼatkorlarimizning örni beqiyos.

Afsuski şunday oğir vaziyatda sanʼatkor taniqli Yulduz Usmonova tomonidan huquqni muhofaza qiliş organlarining xizmat faoliyatiga barmoq orasidan qarab, ularni noörin tanqid qilişi öta madaniyatsizlik va salbiy holat albatta. Öz qilmişi bilan Yu.Usmonova barça içki işlar organlari xodimlarini uyatli sözlar, obrösizlantiruvçi uydirmalar va beodoblik bilan qasddan haqorat qilgan.

Asli holatga oydinlik kiritadigan bölsak, joriy yilning 2 mayda soat taxminan 21:00larda Mirzo Uluğbek tumani 4-sonli içki işlar bölimi profilaktika inspektori leytenant M.Ortiqjonov, şu tumanda yaşovçi Yu.Usmonovaning xonadoniga öttiz nafarga yaqin fuqarolar, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida röy bergan suv toşqinidan jabrlangan aholiga yordam beriş maqsadida hayriya uçun turli hildagi oziq-ovqat hamda boşqa mol-mulklarni olib kelganliklarini kuzatgan. Uşbu yukni tegişli manzilga yetkazib berişga yordam beriş maqsadida, hududga biriktirilgan PPX xodimlari serjant D.Ortiqov va safdor A.Sultonovlar bilan birga yuk maşinalariga ortişga yordamlaşib, Toşkent şahar IIBB YHXB xodimi mayor B.Gapparov boşqaruvidagi maxsus transport vositasi kuzatuvida Sirdaryo viloyatiga töplanib ketadigan yiğin joyiga, yaʼni “Turkiston” sanʼat saroyiga kuzatib qöygan.

Şundan söng, Yu.Usmonova özining yordamçilari orqali töplangan yuklarni darhol, yaʼni 3 may soat 00.10larda YHXB xodimlari kuzatuvi ostida Sirdaryo viloyatiga jönatilişini talab qilgan. Şunda xodimlar Yu.Usmonovaga Sirdaryo viloyatiga çiqiş belgilangan tartibda tegişli ruxsatnoma asosida, kunduzgi vaqtda hamda uyuşgan holda amalga oşirilişini tuşuntirişlariga qaramasdan, uning asossiz tanqidiga uçraganlar.

Jamiyatda yuriş turiş qoidalarini mensimasdan, öta madaniyatsizlik bilan turli haqoratomuz sözlarni gapirayotgan ayolga belgilangan tartibni tuşuntirişga uringan xodimlar, ziddiyatli vaziyatni keskinlaşib ketişini oldini oliş maqsadida, uşbu ayol bilan muloqotni töxtatib, öz xizmat vazifalarini davom ettirganlar. Şundan söng, Yu.Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali “on-layn” tarzda içki işlar organlarini obrösizlantiruvçi, asossiz haqoratlar aks ettirilgan videorolikni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga doğ tuşirgan, jamiyatda yuriş turiş qoidalarini qasddan mensimagan, içki işlar organlari xodimlari şaʼni va qadr-qimmatini kamsitişga harakat qilgan fuqaro Yu.Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida suriştiruv işlari amalga oşirilmoqda.

Iş yakuni böyiça holatga oydinlik kiritilib aybdorlarga qonuniy tartibda çora belgilanadi.

Şu örinda vaziyatga xolis munosabat bildirib, içki işlar organlari xodimlarining xizmatlariga adolat nazari bilan qaragan fuqarolarimizga, madaniyat vakillariga, jurnalistlar, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvçilariga minnatdorçilik bildiramiz.

×