Avval maʼlum qilinganidek, bugun AOKA ştabida SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Habibulla Oqilov iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Singapur universiteti olimlarining Özbekistonda 24-mayga qadar koronavirus infektsiyasi tarqalişi tugaşi töğrisidagi prognozlar haqida maʼlumot kördim. Bu borada mutaxassislarimiz qanday fikrda?
Singapur universiteti olimlari matematik model va joylardagi statistikadan kelib çiqib, prognoz hisobi dasturini yaratişdi. Ularning özlari bu bor-yöği dasturligini va haqiqatda holat mutlaqo boşqaça bölişi mumkinligini taʼkidlaşmoqda.
Manba: Aniq.uz









