Baʼzi insonlar röza tutgan kunining barçasini yoki katta qismini uyquda ötkazadilar.
Axir şunday rahmat va mağfirat oyida bizdan uyqu talab qilinadimi? Kunlarini uyquda ötkazgan bu insonlar Ramazon oyidagi buyuk mukofotlardan quruq qoladilar. Çunki ular rohat va yengillik ortidan öz nafslariga quldirlar. Bundaylar uyquni afzal biladilar, çunki ozroq oçlikka bardoş bera olmaydilar, irodalari yetmaydi. Agar rözador kunni uyqu bilan keç qiladigan bölsa, unda u naqadar loqaydlikka yöl qöyibdi!
Manba: islom.uz









