Baroat sözni qanday maʼnoni anglatadi? “Baroat” sözi arab tilida “ozod böliş”, “najot topiş” degan maʼnolarni anglatadi. Bu keçaning baroat, yaʼni najot topiş, ozod böliş keçasi deya nomlanişiga sabab, unda Alloh taoloning rahmati sababli behisob insonlar dözaxdan najot topadilar. U Şaʼbon oyining ön beşinçi keçasiga töğri keladi.
Eslatma! Şaʼbon oyining 14-dan 15-ga ötar keçasi eng fazilatli tunlardan biri Baroat keçasidir.
Baroat keçasi qanday keça?
Onamiz Oişa roziyallohu anho aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: “Ey Oişa bu keça qanday keça ekanini bilasizmi?” deb söradilar. Men: “Alloh va Uning Rasuli biluvçiroq”, dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu şaʼbonning ön beşinçi keçasidir. Alloh azza va jalla bu keça bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi va mağfirat sörovçilarni mağfirat etadi, rahm sörovçilarga rahm qiladi, dillarida musulmonlarga nisbatan gina, adovat saqlovçi kişilarni qanday bölsa, şunday holatda qöyib qöyadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Bu keçada nimalar sodir böladi?
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu keçada (şaʼbonning ön beşinçi keçasida) nimalar bölişini bilasizmi?” dedilar.
Oişa roziyallohu anho: “Yo Allohning Rasuli, bu keçada nimalar böladi?” dedilar.
U zot alayhissalom: “U keçada Odam bolalarining bu yilda tuğiladiganlari va bu yilda vafot etadiganlari yoziladi va u keçada ularning amallari kötarilib, rizqlari nozil böladi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Bu keça gunohlar mağfirat qilinadi
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo Şaʼbonning ön beşinçi keçasi dunyo osmoniga (Özining şaʼniga muvofiq) tuşadi va Allohga şirk keltirgan va qalbida gina, kudurat bor kişidan boşqa barçani mağfirat qiladi” (Imom Bayhaqiy rivoyati).
***
Abu Muso Aşʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo Şaʼbonning ön beşinçi keçasida rahmat nazari bilan qarab, şirk keltiruvçi va qalbida birorta musulmonga nisbatan gina-adovat saqlovçi kişilardan boşqa barça maxluqlarini mağfirat qiladi” (Imom Ibn Moja, Imom Bayhaqiy rivoyati).
***
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Şaʼbonning ön beşinçi keçasi Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi. Ikkita şaxsdan boşqa barçani mağfirat qiladi: biri ginaçi, boşqasi nohaq odam öldiruvçi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Bu keça duolar qabul böladi
Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaçon Şaʼbonning ön beşinçi keçasi bölsa, bas, (Alloh taolo tarafidan) bir nido qiluvçi nido qiladi: “Birorta mağfirat sörovçi bormi, Men uni mağfirat qilaman! Biror narsa sörovçi bormi, Men unga beraman”, deydi. Şu vaqtda kim sörasa, unga beriladi. Zinokor hotin va muşrikdan boşqa".
***
Bu keça odamlar dözaxdan ozod qilinadi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Jabroil alayhissalom mening oldimga kelib: “Bu Şaʼbonning ön beşinçi keçasidir. Alloh taolo bu keçada köp odamlarni dözaxdan ozod qiladi. Ularning adadi Kalb qabilasi qöylarining junlaridan ham ziyoda böladi. Faqat bu keçada Alloh taologa şirk keltirgan, ginaçi va qarindoşlik aloqalarini uzuvçi, izorini (manmanlik bilan) töpiğidan pastga tuşirib yuruvçi, ota-onasiga oq böluvçi va xamr içuvçi kişilarga rahmat nazari bilan qaramaydi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Bu keça qanday amallarni bajariş lozim?
- Tavba va istiğfor aytişga eʼtibor qiling;
- Özingiz va barça ummat uçun xayrli duolar qiling;
- Toqatingiz yetganiça zikrlar, nafl ibodatlar, Qurʼon tilovati qiling;
- Imkon topsangiz Şaʼbonning ön beşinçi kuni röza tuting.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qaçon Şaʼbonning ön beşinçi keçasi bölsa, uning keçasini bedor ötkazinglar, kunduzining rözasini tutinglar. Çunki öşanda Alloh quyoş botiş paytida dunyo osmoniga tuşadi va tong otguniça: “Qani, istiğfor aytuvçi bormi, uni mağfirat qilaman. Qani, rizq sörovçi bormi, unga rizq beraman. Qani, baloga uçragan bormi, unga ofiyat beraman. Qani falon, falon” (deydi) dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati).
Bu keçani bedor ötkazganga jannat vojib böladi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim beşta keçani bedor ötkazsa, jannat unga vojib böladi – tarviya, arafa, qurbonlik, fitr va Şaʼbonning ön beşinçi keçalaridir”, dedilar.
Alloh taolo bu oyda xolis niyatlar ila qiladigan jamiki amallarimizni qabul qilsin. Özi duolarni ijobat etuvçi va gunohlarni mağfirat qiluvçi Zotdir.
Manba: muslim.uz









