«Original protokolga heç narsa yozilmasin». Yaşnobod hokimligi xodimi okrug raislariga noqonuniy körsatma bergan

«Original protokolga heç narsa yozilmasin». Yaşnobod hokimligi xodimi okrug raislariga noqonuniy körsatma bergan

Toşkent şahar Yaşnobod tumanida ötgan saylov jarayonidagi holat yuzasidan prokuratura tekşiruvi olib borilmoqda.

Tekşiruvga 22 dekabr oqşomida internetda tarqalib ketgan surat sabab böldi. Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev eʼlon qilgan skrinşotlarda Qudrat Husanov ismli şaxs okrug raislariga şubhali topşiriq berganini köriş mumkin.

Tez orada mazkur surat haqiqiyligi va undagi Qudrat Husanov Yaşnobod tumani hokimligining saylovlarni ötkaziş böyiça taşkiliy kadrlar guruhi rahbari ekani tasdiqlandi.

Hokimlik vakili keç soat 21ga yaqin Telegram'dagi guruhda 30ta okrug raislaridan darhol protokollarning qoralama variantlarini olib kelişni talab qilgan.

Foto: t.me/xushnudbek

«Heç qaysi okrug va uçastkalar original protokolga heç narsa yozmasin», deb eʼlon bergan Husanov. U «Qoralamadan nusxa ham berilmasinmi?» deya söralgan savolga «Yöq, opa, umuman» deya javob qilgan.

Guruhdagi yozişmalarda «Heç kim protokolini rasmga oldirmasin», degan körsatma ham bölganini köriş mumkin.

Köp ötmay Toşkent şahar hokimligi, Markaziy saylov komissiyasi va Boş prokuratura holat zudlik bilan nazoratga olinganini xabar qildi. 

«Ayni paytda «çernovik»lardagi maʼlumotlar heç qanday özgarişsiz «çistovik» protokollarga köçirilişi Yaşnobod tuman saylov komissiyasi nazoratiga olingan. Qudrat Husanov hamda boşqa masʼullarning uşbu harakati örganilyapti va saylov natijalariga aralaşiş holati tasdiqlansa, ularga nisbatan tegişli çoralar köriladi», deya maʼlum qildi şahar hokimligi.

Şu bilan birga, jurnalistlar va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev Toşkent davlat stomatologiya institutida joylaşgan (eski «TaşMI») Yaşnobod tuman saylov komissiyasiga taklif etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, avvaliga mutasaddilar tomonidan uşbu holat Oliy Majlis va şahar deputatligi uçun saylovga aloqador emasligi, faqatgina Yaşnobod tuman kengaşi deputatligi uçun bölayotgan saylovga taalluqli ekani maʼlum qilingan.

Yaşnobod hokimligining taşkiliy kadrlar guruhi rahbari Qudratilla Husanov jurnalistlar bilan suhbatda skrinşotning haqiqiyligini tasdiqlab, undagi gaplarini okrug raislariga yordamlaşiş maqsadida taklif sifatida yozganini, saylovga aralaşiş niyati bölmaganini bildirdi.

Qudratilla Husanov

«Bu yil özim ham, tumandagi komissiyalar aʼzolari va raislarining 60-70 foizi yangi böldi. 2-3 marta öqitişimizga qaramasdan, kamçiliklarga yöl qöyilişi holatlari kuzatildi.

Protokollar masalasida jarayonga aralaşiş niyatida emas, faqatgina tuman saylov komissiyasi yiğilişida tuşunça beriş maqsadida taklif qilganmiz. Vaqtning qisqaligini inobatga olgan holda Telegram'dagi guruh orqali taklif qilgandim.

Bayonnomalar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan har bir uçastkaga taqsimlangan holda beriladi. U oddiy qoğozda emas, rangli va qattiq qoğozda böladi. Uçastka va okrug raislari protokollarni qoralama holatida yozib taqdim qilişadi va agar bexato töldirilgan bölsa, şu yerning özida oqlamaga köçirişadi. Bu – hammaga emas, faqat yangi tayinlangan okrug raislariga taalluqli», – deya tuşuntirdi Husanov.

«Saylov komissiyasiga aloqangiz bölmasa, nega okrug raislariga buyruq beryapsiz?» degan savolga u quyidagiça javob berdi.

«Men «orgotdel» rahbariman va taşkiliy işlar mening vazifamga kiradi. Töğri, [topşiriq beriş] mening funktsiyamga kirmaydi, bu – mening xatom böldi».

Qudratilla Husanov, şuningdek, bu borada heç kimdan topşiriq olmagani, okrug raislariga yöllagan «taklifi»dan tuman hokimining xabari yöqligi, bu – tumandagi saylov jarayonini öz vaqtida xatolarsiz yakunlaş uçun şaxsiy taşabbusi bölganini taʼkidladi.

«Ikkita okrug protokolida kamçilik çiqdi, ularni yaxşiyam çaqirib beribsiz, deyişdi. Bu saylov jarayoniga aralaşuv emas. Yozganlarim buyruqdek bölib köringan bölişi mumkin, lekin bu okruglarga topşiriq sifatida berilmagandi. Tumanimiz, respublikamizdagi saylov tökis ötişi uçun harakat qilgandik, lekin «qoş qöyaman deb köz çiqardi» qabilidagi işga aylanib qoldi.

Saylovni taşkillaştirişdagi tajribasizligim pand berdi. Ammo bugungi şu holatgaça menimça, jarayonni yaxşi ötkazib kelayotgandik», – dedi Husanov.

U Telegram'dagi guruhdan skrinşot internetda tarqab ketgaç, stress holatida guruhni öçirib yuborganini aytdi.

Holat yuzasidan Yaşnobod tumani saylov komissiyasi raisi Artur Haydarov ham jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Uning aytişiça, Qudratilla Husanov bilan boğliq vaziyatda inson omili tufayli anglaşilmovçilik kelib çiqqan.

Artur Haydarov

«Qudratilla bilan ança vaqtdan buyon birga işlab kelyapmiz. Saylov uçastkalari, okruglaridagi barça masalalarni birgalikda hal etib bordik, muammolar bölmadi. Barça saylov uçastkalari va okruglari raislarida uning telefon raqami bor. Nega? Çunki saylov kuniga qadar bölgan barça taşkiliy masalalarni hal qilişda u ham qatnaşdi. Qayerdadir gaz-svetdan muammo böldi, qayernidir taʼmirlaş kerak edi, qayerdadir yoritiş tizimi yöq edi... Şu kabi masalalar böyiça menga, Qudratga murojaat qilişdi. Hokimlik öz vazifasiga muvofiq saylovni yuqori demokratik saviyada ötkaziş uçun şaroit qilib berdi.

Yaşnobod tumani saylov komissiyasi raisi sifatida şuni rasman taʼkidlay olaman – hokimlik yoki boşqa taşkilotlar tomonidan menga heç qanday noqonuniy buyruqlar bölgani yöq.

Barça okrug raislari öz funktsional vazifalariga rioya etgan holda saylov uçastkalaridan protokollarni yiğib, bizga normativ hujjatlarga muvofiq imzolangan original variantini olib kelişdi. Hozirga qadar jarayon heç qanday muammosiz bormoqda. Kun davomida kuzatuvçilardan ham, deputatlarning işonçli vakillaridan ham heç qanday şikoyat tuşmadi.

Qudratilla bilan boğliq vaziyatda anglaşilmovçilik kelib çiqişiga sabab – yana bir bor aytaman, uning raqamini hamma biladi, çunki 2 oy davomida biz ularni tayyorlab borgandik. Ehtimol, qaysidir uçastka yoki okrug raisi protokolni notöğri töldirib qöyib, u bilan boğlanişga va maslahat söraşga qaror qilgandir. Axir uçastka yoki okrug raisi özi Qudratga telefon qilgan bölsa, bu Qudratning aybi emas-ku, töğrimi? Inson faktorini ham hisobga oliş kerak, axir yordam kerak bölganda begonaga emas, özimiz tanigan odamga telefon qilamiz», – deya vaziyatga izoh berdi Artur Haydarov.

Tuman saylov komissiyasi raisi şundan söng 20dan ortiq okrug raislarini jurnalistlar bilan suhbat uçun zalga töpladi. Ajablanarlisi, ular Telegram`da bunday guruh oçilganidan xabarlari yöqligini bildirdilar.

Holat yuzasidan prokuratura tekşiruv ötkazmoqda. Öz navbatida, Markaziy saylov komissiyasi yakuniy bayonnoma nusxasini töldiriş va bayonnoma nusxalarini heç kimga tarqatmaslik yuzasidan hokimlik vakilining körsatmasini «ğayriqonuniy» deb baholagan.

manba: kun.uz

×