“Öztransgaz” Samarqand viloyati böyiça gaz taʼminoti hududiy filiali xodimi oktyabr oyida noqonuniy qarzdorlikni "yopiş" uçun fuqarodan pora olgan, keyin esa şu fuqaroga pora taklif qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Işni “yopiş bahosi” 2 mln söm
Xodim fuqaro xonadonida taşkil etilgan novvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan fuqaroga hujjat rasmiylaştiriş örniga 5 million söm jarima qöllaşni aytib qörqitgan. Söng işni "yopiş" uçun 2 mln söm pora söragan.
Xodim 200 dollar bilan arizani qaytarişni söradi
Xodim 2 million sömni işlatib yuborgan. Fuqaro Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bölimiga murojaat qilgaç, gaz xodimi javobgarlikdan qutuliş maqsadida şu fuqaroga arizani qaytarib olişni iltimos qilib, 200 dollar bergan.
Fuqaro esa firibgar xodim bergan pullarni MIB Samarqand tumani bölimiga topşirib, bölgan voqeani aytib bergan.
Jinoyat işi prokuraturaga yuborildi
Uşbu holat böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Şahnoza Töramurotova









