Namangan şahar hokimligi apparatida muhim lavozim özgarişlari yuz berdi. Bu haqda «Daryo» ga şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzaffar Abdullayev Namangan şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi. U 1984 yilda Namangan viloyatining Uyçi tumanida tuğilgan. 2006 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.
2009—2017 yillarda Namangan viloyat moliya boşqarmasida boş iqtisodçi, sektor mudiri, bölim boşliği vazifalarida işlagan. 2017—2019 yillarda Namangan şahar moliya bölimi mudiri bölgan.
2019 yildan hozirga qadar Namangan şahar hokimining örinbosari — Investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Jobir Abdullayev Namangan şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. U 2013 yildan hozirgaça Namangan şahridagi «Istiqbol» elektr taʼminoti korxonasi boşliği bölib işlayotgan edi.
Ayubxon Bobomirzayev Namangan şahar hokimining örinbosari — Investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği etib tayinlandi. U 2018 yildan şu paytga qadar şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.









