Trampning boş maslahatçisi Özbekistonda tuğilgani maʼlum böldi

Trampning boş maslahatçisi Özbekistonda tuğilgani maʼlum böldi

AQŞ Prezidenti Donald Trampning Serjio Gor ismli eng işongan xodimlaridan biri Toşkent şahrida tuğilgan. Bu haqda Uyuşgan jinoyatçilik va korruptsiya haqida axborot beriş loyihasi (Organized Crime and Corruption Reporting Project) xabar berdi.

Loyihaning yozişiça, şu paytgaça Amerika ommaviy axborot vositalarida “eng kuçli odam” sifatida taʼriflangan, Oq uyda Tramp maʼmuriyatida minglab amaldorlarni tayinlaşni nazorat qilgan uşbu şaxs 1986 yil 30 noyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. Uning haqiqiy ismi – Serjio Goroxovskiy.

Gorning advokati Robert Garson ham uning Toşkentda tuğilganini tasdiqlagan. Gorning özi avvalroq qayerda tuğilganini aytişdan boş tortgan edi. 2024 yil dekabrda “The Washington Post” gazetasida Serjio Gor haqida maqola çop etilgandi. Unda Gor Tramp maʼmuriyatida “kuçli odam”ga aylanganiga qaramay, uning past darajadagi ijtimoiy obrösi taʼkidlangandi – uning tuğilgan joyi haqidagi savol butunlay çetlab ötilgandi. Gazeta uni Maltadan çiqqan muhojir sifatida tasvirlagandi.

Joriy yilning iyun oyida u haqida “New York Post” gazetasi ham yozgandi. Gor esa doimgidek gazetaga özining tuğilgan mamlakatini oşkor qilişdan boş tortgandi va faqat u Rossiyada emasligini aytgandi.

Ayrim manbalarga köra, Gor bolaligining kamida 5 yilini Maltada ötkazgan. Uning onasi 1994 yilda Maltada kompaniyaga asos solib, özini Isroil fuqarosi deb qayd etgan. Kompaniya orqali u mustahkam portga ega qadimiy qirğoq şahri – Kospikuada uy sotib olgan.

2021 yilda Gor bu uyni onasining kompaniyasidan 255 ming yevroga (268 ming AQŞ dollari) sotib olgan, notarial tasdiqlangan mulk hujjatida uning Özbekiston poytaxtida tuğilgani yozilgan. Advokat Garsonning sözlariga köra, bu uy Gor oilasining xotiralarga boy uyi bölgan va uni u xotiralar tufayli saqlab qolişni istagan.

Kospikua yaqinidagi Vittorioza şahridagi öğil bolalar uçun katolik maktabi bölgan De La Salle kolleji Serjio Goroxovskiy 1996-1999 yillar oraliğida Maltada tahsil olganini tasdiqlagan.

Gorning oilasi keyinçalik AQŞga köçib ötgan va u Amerika fuqarolgini olgan. Siyosiy karerasini Respublikaçilar partiyasida boşlagan va senator Rend Pol bilan işlagan. 2018 yilda Pol bilan birga Moskvaga safar qilgan, safar Cato Institute tomonidan moliyalaştirilgan. Safar “AQŞ-Rossiya munosabatlarini örganiş” maqsadida taşkil etilgani aytilgan.

U 2017 yilda ham Moskvada bölgan – Rossiya çegara hujjatlariga köra, u Vaşingtondan “Aeroflot” orqali uçib kelgan va ertasiga Rimga uçib ketgan. Advokati bu safarlarni “oddiy tranzit” deya izohlagan va boşqa taxminlarni rad etgan.

2020 yilda Serjio Gor Rend Polning idorasini tark etib, Trampning qayta saylaniş kampaniyasida moliyaviy ştab boşliği bölib işlagan.

Keyinçalik Trampning öğli Donald Tramp Junior bilan birga Winning Team Publishing deb nomlangan konservativ naşriyotga asos solgan.


×