Prezident Özbekiston – AQŞ hamkorligining yangi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

Prezident Özbekiston – AQŞ hamkorligining yangi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

19 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişi oçilişida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, tadbirda Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQŞ Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakçi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnaşgan.



Davlat rahbari öz nutqida Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari köp asrlar davomida xalqlar, madaniyatlar va savdo yöllarini birlaştirib kelgan şahar – Samarqandda muhokama qilinayotgani ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidlagan.

Bugungi kunda Özbekiston va Amerika örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani, bu, eng avvalo, AQŞ Prezidenti Donald Trampning şaxsiy eʼtibori va qöllab-quvvatlovi tufayli ekani qayd etilgan.

Mustahkam siyosiy şeriklik asosida iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş zarurligi taʼkidlangan.

Bu borada qöşma loyihalar va taşabbuslarni ilgari surişga salmoqli hissa qöşayotgan Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi alohida örin tutadi.

Davlat rahbari Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtalib ötgan. Iqtisodiyot ösib bormoqda, yangi korxonalar işga tuşirilmoqda, iş örinlari yaratilmoqda, yoşlar uçun taʼlim oliş imkoniyatlari kengaymoqda.

Şu bilan birga, sanoatni yanada rivojlantiriş va zamonaviy infratuzilmani barpo etiş uçun investitsiyalar jalb qiliş jarayoni ilğor texnologiyalarni joriy etiş, bilim va tajriba almaşiş bilan birga olib borilişi zarurligi taʼkidlangan.

Bu borada AQŞ biznesi bilan hamkorlik qiliş böyiça katta tajriba töplangani taʼkidlangan. Bugungi kunda Özbekistonda Amerika sarmoyasi iştirokidagi yuzlab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular bilan sanoat, energetika, transport, qişloq xöjaligi, taʼlim va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlik yölga qöyilgan. Ayni paytda Özbekiston kompaniyalari ham AQŞ iqtisodiyotiga investitsiya kiritişni boşlamoqda.

Muhim minerallarni özlaştiriş va çuqur qayta işlaş orqali yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantiriş, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarini taşkil etiş, sanoat, qişloq xöjaligi, taʼlim va davlat boşqaruviga sunʼiy intellekt hamda raqamli yeçimlarni joriy qiliş, taʼlim va kadrlar tayyorlaş hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun istiqbolli yönalişlar sifatida körsatib ötilgan.

Işbilarmonlik va investitsiya kengaşining bugungi yiğilişiga katta tayyorgarlik körilgani qayd etilgan. Natijada umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelişuv va istiqbolli taşabbusdan iborat töplam şakllantirilgan. Ularni amalga oşiriş uçun kompleks harakatlar dasturi işlab çiqiladi.

Kengaş faoliyatini yanada takomillaştiriş maqsadida kuç va imkoniyatlarni uçta ustuvor vazifani hal etişga safarbar etiş muhimligi taʼkidlangan.

Avvalo, AQŞ tadbirkorlari uçun tuşunarli va oldindan taxmin qiliş mumkin bölgan şart-şaroitlarni yaratiş zarur. Özbekistonga kelgan sarmoyador maʼmuriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, tezda öz biznesini boşlaş imkoniyatiga ega bölişi lozim.

Bu borada investorlar bilan işlaşda “Plug and Play” tamoyiliga asoslangan yangi yondaşuvga ötilayotgani taʼkidlangan. Ularga yer maydoni, infratuzilma, ruxsat oliş va hujjatlar rasmiylaştiriş masalalari hal etilgan tayyor loyihalar taklif etiladi.

Şu bilan birga, özbekistonlik tadbirkorlar ham hamkor sifatida iştirok etişi va investitsiyaviy xatarlarning bir qismini öz zimmasiga olişi mumkin. Yangi taşkil etilgan Töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi ham bunday loyihalarda iştirok etadi.

Keyingi ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanişiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda şakllantiriş muhimligi qayd etilgan.

Kengaş ikki mamlakat örtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy şeriklikning strategik mexanizmiga aylanişi lozimligi taʼkidlangan. Şu munosabat bilan 2035 yilgaça bölgan davrga möljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini işlab çiqiş taklif etilgan.

Şu bilan birga, kengaş yangi taşabbuslarni işlab çiqiş, tizimli tösiqlarni bartaraf etiş va yirik qöşma loyihalarni ilgari surişda muhim örin tutadigan muloqot maydoniga aylanişi lozim.


Teglar:
×