Men Özbekistonimdan mamnunman va hatto faxrlanaman – Kannavaro

Men Özbekistonimdan mamnunman va hatto faxrlanaman – Kannavaro

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon çempionatida katta tajriba orttirgani va hozirgi faoliyatidan mamnun ekanligini aytdi. Bu haqda italiyalik mutaxassis “La Gazzetta dello Sport” naşriga bergan intervyusida söz oçdi. 

“Men Özbekistonimdan mamnunman va hatto faxrlanaman. Biz yangi yölni boşladik, tarkibning örtaça yoşini sezilarli darajada pasaytirdik va yaxşi natijalarga erişdik. Öyinlarda işonçli ğalabalarni qölga kiritdik. Hatto Janubiy Koreyaga qarşi mağlubiyatdan keyin ham maydonni öz öyinimizdan qoniqiş hosil qilgan holda tark etdik”, deydi Kannavaro.

Italiyalik mutaxassis Özbekistondagi faoliyatidan katta zavq olayotganini va jamoa tanlangan yöldan mamnunligini bildirgan. Uning aytişiça, Jahon çempionatidagi iştirok jamoa uçun qimmatli tajriba bölgan.



“Men öz işimdan katta zavq olyapman. Özbekistonda biz tanlagan yöldan mamnunmiz. Jahon çempionatida katta iştiyoq bilan iştirok etdik va bu musobaqa bizga qimmatli saboqlar berdi. Natijalardan qatʼi nazar, biz yanada kuçliroq böldik. Bu men uçun unutilmas oy, hayotimdagi eng yaxşi davrlardan biri böldi. Hozir mening vazifam ham, futbolga bölgan qaraşim ham boşqaça”, deydi murabbiy.

Şuningdek, murabbiy terma jamoadagi ilk öyinini ötkazişiga imkoniyat berilgan futbolçi haqida töxtaldi.

“Biz milliy terma jamoadagi ilk öyinini ötkazişiga imkoniyat bergan futbolçimiz bor. U öşa uçraşuvdan uç kun ötib 17 yoşga töladigan yigit edi. Bunday holatdan qanday qilib mamnun bölmaslik mumkin? Endi bizni Osiyo kubogi kutmoqda. Guruhimiz oson emas, ammo musobaqaga şu paytgaça töplagan tajribamiz bilan tayyorlanamiz. Federatsiya ham birgalikda amalga oşirgan işlarimizdan mamnun”, deydi Kannavaro.

Maʼlumot uçun, 2027 yilgi Osiyo kubogi 7 yanvardan 5 fevralgaça Saudiya Arabistonida bölib ötadi. Özbekiston terma jamoasi “B” guruhida Bahrayn, Şimoliy Koreya va Iordaniya terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi.


Teglar:
×