Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida bölib ötadigan FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu haqda “Ar-Riyodah” xabar berdi.
Manbaning xabar berişiça, 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytida saudiyaliklar ikkita örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Uşbu yiğin doirasida jamoa Janubiy Koreya va Özbekiston terma jamoalariga qarşi maydonga tuşadi.
Ikkala uçraşuv ham Ar-Riyodda şahridagi Imom universiteti stadionida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Maʼlumot uçun, 19-Osiyo Kubogi 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xubar şaharlarida bölib ötadi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya, Şimoliy Koreya va Bahrayn terma jamoalari bilan birga turnirning “B” guruhidan joy olgan. Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa musobaqaning guruh bosqiçida Quvayt, Ummon va Falastin terma jamoalari bilan bahs olib boradi.









