Özbekistonda 50 yoşdan keyin ona bölganlar soni qançaligi aytildi

Özbekistonda 50 yoşdan keyin ona bölganlar soni qançaligi aytildi

Joriy yilning birinçi yarmida Özbekistonda 40 yoş va undan katta bölgan 6 mingdan ortiq ayol farzandli böldi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, yanvar-iyun oylarida mamlakatda jami 373 389 ta tirik tuğiliş qayd etilgan.

Tuğilişlar onalarning yoş guruhlari böyiça taqsimlaganda, 25 yoşgaça bölgan ayollarda 147 355 ta, 25–39 yoşdagi ayollarda 219 588 ta tuğiliş qayd etilgan.



40 yoş va undan katta ayollar hissasiga esa 6 446 ta tuğiliş töğri kelgan. Şundan 8 nafari 50 yoş va undan katta bölgan.

Maʼlumot uçun, 2025 yilda Özbekistonda 879 599 ta tirik tuğiliş holati qayd etilgan. Şundan 355 111 nafari 25 yoşgaça bölgan onalar, 512 034 nafari 25–39 yoşdagilar, 12 454 nafari esa 40 yoş va undan katta ayollar hissasiga töğri kelgan.


Teglar:
×