Apple özining birinçi buklanadigan smartfonini iPhone Duo nomi ostida eʼlon qildi. Şu tariqa, kompaniya nafaqat yangi iPhone, balki yangi boş ijroçi direktor (CEO) Jon Ternus bilan ham özi uçun yangi davrga qadam qöymoqda.
Smartfon dizayni töliq tasdiqlandi: u közga taşlanadigan buklaniş çiziği bölmagan egiluvçan displeyga ega. Içki ekranning diagonali 7,6 dyuymni, taşqi ekran esa 5,4 dyuymni taşkil etdi.

Unda ham Dynamic Island mavjud, biroq u juda kiçik va faqat oçiq holatda körinadi. Şu bilan birga, old kamera ekran ostiga yaşirilgan.
iPhone Duo har ikkala ekranda ham USB-C versiyasidagi Apple Pencil’ni qöllab-quvvatlaydi. Dock paneli va asboblar satri iPhone Duo’ning kiçik ekranida öng tomonda joylaşgan.
iPhone Duo’ni har qanday holatda buklaş mumkin va iOS tizimi interfeysni tegişli vaziyatga moslaştiradi.
Apple Netflix va boşqa ommabop dasturlar işlab çiquvçilari bilan birgalikda ilovalar interfeysini iPhone Duo’ning yangi ekraniga moslaştirgan.
Aloqa uçun Apple’ning firma modemi – C2 javob beradi. U maʼlumotlarni 50 foizga tezroq yuklaydi va 5G mmWave standartini qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga, u 15 foizga kamroq energiya sarflaydi.
iPhone Duo içiga kun böyi avtonom işlaşni taʼminlaydigan ikkita akkumulyator örnatilgan: içki ekrandan foydalanilganda 31 soat va taşqi ekranda 44 soat. 50 foizgaça quvvat oliş uçun 20 daqiqa kifoya qiladi.
iPhone Duo narxi 1999 dollardan boşlanadi, oldindan buyurtmalar 16 oktyabrda oçiladi, sotuvlar esa 23 oktyabrdan boşlanadi.
Maʼlumot uçun, Samsung birinçi marta buklanadigan ekranga ega smartfoni – Galaxy Fold'ni 7 yil oldin – 2019 yil 20 fevral kuni San-Frantsiskoda ötkazilgan “Unpacked” taqdimotida rasman namoyiş etgan.









