“Tarixdagi eng ahmoq öğri”. Erkak ChatGPT kömagida bankni ömardi

“Tarixdagi eng ahmoq öğri”. Erkak ChatGPT kömagida bankni ömardi

AQŞning Nebraska ştati Omaxa şahrida yaşovçi 23 yoşli Deron Lyuis-P. bankni qurolli bosqinçilik bilan tönagani uçun 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi. Tergov maʼlumotlariga köra, 2026 yilning fevral oyida erkak qurol bilan bankka bostirib kirgan va kassirlarga töpponça bilan tahdid qilib, 8000 dollardan ortiq pulni ömargan. Bosqinçi niqobsiz bölgan, kuzatuv kameralari uning yuzini, şuningdek, diqqatni tortadigan alohida belgisi bölgan qizil rangli Nike sandallarini tasvirga olgan. Nazorat kameralariga uning kuzovida uskunalar qutisi va zang izlari bölgan avtomobili ham davlat raqami bilan tuşib qolgan.

Öğrilikdan söng Lyuis-P. savdo markaziga borib, yangi kiyim va poyabzal uçun naqd pul bilan tölov qilgan. Bu xaridlar ham videokuzatuv kameralariga tuşgan va çeklar keyinçalik iş böyiça qöşimça dalilga aylangan.

Qölga oliş vaqtida gumonlanuvçi qoçişga uringan va öğirlangan pullarning bir qismini yöqotib qöygan. Tintuv davomida politsiya qolgan naqd pullarni, avtomobilni va kiyim-keçaklarning katta qismini, şu jumladan öşa qizil sandallarni musodara qilgan.

Prokuratura materiallariga köra, gumonlanuvçining telefonida politsiyaning çaqiruvlarga javob beriş vaqti, şuningdek, qurol va öq-dorilar haqidagi qidiruv sörovlari topilgan. Google Maps’dagi harakatlaniş tarixi esa tönalgan bankka olib boruvçi marşrutni körsatgan. Bundan taşqari, tergov maʼlumotlariga köra, Lyuis-P. jinoyatga tayyorgarlik körişda ChatGPT çat-botidan foydalangan. 



×