Durdona va Sayyoraning qotillariga umrbod qamoq söraldi

Durdona va Sayyoraning qotillariga umrbod qamoq söraldi

Turkiyaning Istanbul şahrida öldirib ketilgan ikki özbekistonlik ayol Sayyora Ergaşaliyeva va Durdona Hakimova oid iş böyiça tergov yakunlandi. Hibsga olingan gumonlanuvçilar 31 yaşar Dilşod Turdimurotov va 29 yaşar Ğofurjon Kamolxöjayevga nisbatan oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosi söraldi.

Turkiyada uşbu qotillik katta rezonans keltirib çiqargan edi. Voqealarning barça tafsilotlariga töxtalsak. 24 yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul şahrining Şişli tumanida çiqindilar orasidan buyum töplab yurgan fuqaro konteyner içida öralgan jasadni topdi.Ekspertiza natijalariga köra, uşbu jasad özbekistonlik 37 yaşar Durdorna Hakimovaniki ekani aniqlandi va u 23 yanvar kuni öldirilgani maʼlum böldi. Durdona Hakimovaning ortidan esa uning dugona Sayyora Ergaşaliyeva ham öldirilib, uning jasadi ham bölaklanib, Istanbulning turli tumanlaridagi axlat qutilariga taşlangan. Hozirgaça Sayyora Ergaşaliyevaning jasadi bölaklari topilganiça yöq. 

2025 yilning 28 dekabr kuni işlaş maqsadida Özbekistondan Turkiyaga kelgan 32 yaşar Sayyora Ergaşaliyeva bilan 2026 yilning 23 yanvaridan buyon oilasi boğlana olmagan. Bu haqda huquq-tartibot organlariga kelib tuşgan xabar asosida olib borilgan qidiruvlarda Sayyoraning oxirgi marta özbekistonlik Durdona Xakimova bölaklab öldirilgan uyda qolgani aniqlangan.

Tergov guruhi kamera yozuvlarini örganib, 23 yanvar kuni uyga kirgan Sayyoraning ortidan Hakimovaning qotillari Dilşod Turdimurotov va Ğofurjon Kamolxöjayev ham kirganini aniqlagan. Kuzatuv kamerasi yozuvlarida 24 yanvar kuni gumonlanuvçilarning uydan bir neça bor qora çiqindi qoplari bilan çiqqani, söngra oq rangli jomadon bilan manzilni tark etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçilarning tijorat taksisida Fotih tumaniga kelib, jomadondagi tana qismlarini bir çiqindi konteyneriga taşlagaç, Yenikapi Marmaray bekatiga piyoda ketgani maʼlum bölgan. Tergov doirasida Durdona Hakimovaning qotilligi sababli hibsda saqlanayotgan Dilşod Turdimurotov va Ğofurjon Kamolxöjayev bilan ötkazilgan söroqlar davomida Sayyora Ergaşaliyeva ham 23 yanvar kuni öşa uyda tiğli jism bilan öldirilgani, jasadi esa bölaklanib, Istanbulning turli tumanlaridagi çiqindi konteynerlariga taşlab ketilgani aniqlandi.

Durdona Hakimovaning jasadi Özbekistonga yuborilib, dafn etildi, Sayyora Ergaşaliyeva uçun esa Istanbulda ğoyibona janoza namozi öqildi. 


Teglar:
×